15 Dekabr 2023 yil 872

Samarqand viloyati IIBda ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish borasida boshqarma rahbariyati xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda

Samarqand viloyati IIBda ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish borasida boshqarma rahbariyati xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. 

Shu kabi tadbir viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Faxriddin Raxmatov hamda IIV SHXBB Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Farrux Yusupovlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar-tuman IIB boshliqlarining MMI bo‘yicha o‘rinbosarlari, murojaatlar bilan ishlash guruhi katta inspektorlari ishtirok etdi.

Rahbarlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish davomida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar o‘rganildi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, joriy yilning 11 oyi davomida viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash hamda ijro intizomiga rioya etish bo‘yicha qilingan ishlar ham tahlil etildi.

So‘zga chiqqan rahbarlar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish to‘g‘risida maslahat va tavsiyalar berildi.

Bugun har bir xodim “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori asosida xizmat olib borishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.


Text to speech