13 Iyul 2024 yil 1949

Samarqand viloyati IIBda Tergov boshqarmasi, uning quyi tuzilmalari tomonidan o‘tgan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati IIBda Tergov boshqarmasi, uning quyi tuzilmalari tomonidan o‘tgan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish videoselektor shaklida, shahar-tumanlar bilan masofaviy tarzda olib borildi. Uni viloyat IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Muzaffar Rahmatullaev boshqardi.

Hisobot yig‘ilishi avvalida Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining o‘tgan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Shahar-tumanlardagi har bir holat, yutuq va kamchiliklar tahlil etildi. Xizmat jarayonlarida xodimlarning o‘z ishiga munosabati, o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish lozimligi haqida so‘z bordi.

Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilib, xatoga yo‘l qo‘ygan har bir xodim bilan boshqarma boshlig‘i yakkama-yakka suhbat o‘tkazdi. Shuning barobarinda xodimlar oldida turgan burch va majburiyatlarga to‘xtalib, ularning o‘z xizmatiga vijdonan yondashishiga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan tartib va me’yorlarni buzmaslik to‘g‘risida ham fikrlar bildirildi.

Hisobot yig‘ilishi so‘ngida o‘z xizmat faoliyatiga vijdonan yondashgan, halol va mehnatkash bir guruh xodimlar va ularning ota-onalariga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari va viloyat IIB boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda pul mukofotlari topshirildi.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida keltirib o‘tilgan tanqid va tahlildan barcha xodimlar o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarishdi.

 

Text to speech