Samarqand viloyati IIBning bir guruh yosh xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurishdi
Yosh xodimlarga kasb sirlarini o‘rgatish bilan bir qatorda, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish kelajakda shaxs sifatida shakllanishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Yosh xodimlarimizni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish orqali ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida Samarqand viloyati IIB Yoshlar bilan ishlash guruhi tashabbusi bilan, viloyat IIBning bir guruh iqtidorli, talabchan, va namunali yosh xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga tashrif tashkillashtirildi.
Tashrif davomida, yosh xodimlar Oliy Majlis Senatining tuzilmasi, funksiyalari va faoliyati to‘g‘risida amaliy bilimlarga ega bo‘lishdilar. Bunday tadbirlar kelgusida, yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini tizimga to‘laqonli tatbiq etish orqali yosh xodimlarda Vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish, ularda kasbga fidoyilik va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yanada mustahkamlash, ularni lozim darajada huquqiy-siyosiy, ma’naviy-psixologik bilim va ko‘nikmalarini davr talabiga mos ravishda o‘zlashtirishlari uchun sharoitlar yaratish hamda Ichki ishlar organlarini haqqoniy xalqchil tuzilmaga aylantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.