7 Iyun 2025 yil 403

Samarqand viloyati IIBning yosh xodimlari “G‘alaba bog‘i” ga tashrif buyurishdi

Samarqand viloyati IIB Yoshlar bilan ishlash guruhi tashabbusi bilan, viloyat IIBning bir guruh iqtidorli, talabchan, va namunali yosh xodimlari uchun Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif tashkillashtirildi.

Xususan, tashrif doirasida yosh xodimlar “G‘alaba bog‘i” da bo‘lishib, “Ulug‘ Vatan” urushi yillari chog‘ida buyuk o‘zbek xalqining front va front ortida g‘alaba uchun qo‘shgan ulkan hissasi va  ko‘rsatgan qahramonliklari to‘g‘risida keng va boy ma’lumotlarga ega bo‘lishdilar.

Bunday tadbirlar kelgusida yosh xodimlarda Vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish, ularda kasbga fidoyilik va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yanada mustahkamlash, ularni lozim darajada bilim va ko‘nikmalarini davr talabiga mos ravishda o‘zlashtirishlari uchun sharoitlar yaratish hamda Ichki ishlar organlarini haqqoniy xalqchil tuzilmaga aylantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.


Text to speech