26 Yanvar 2024 yil 1127

Samarqand viloyati Kengashining 95-sessiyasi o‘tkazildi

       Samarqand viloyati Kengashining 95-sessiyasi o‘tkazildi.

      Unda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari X.Umarov 2023-yilda viloyat hududida jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’ektlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

Muhtaram Prezidentimizning 2021-yilning 29-noyabr kunidagi PF-27-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi qoshida tashkil etilgan jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’ektlardan tashkil topgan tezkor shtab hamda tadbirlarga jalb etilgan shaxsiy tarkib tomonidan 2023-yilda  17 mln.dan ortiq fuqarolar ishtirokida jami 25 mingdan ziyod ommaviy tadbirlar o‘tkazilib, ushbu tadbirlarda namunali jamoat xavfsizligi ta’minlashga erishildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘tgan yig‘ilishlarida belgilangan tegishli vazifalar (Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023-yil 19-avgust kunidagi VI-89-79-7-K/23-sonli Qarori) viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan alohida nazoratga olinib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijrosi ta’minlandi.

Jumladan, (Kengash qarorining 2,3,4,5 va 6-bandlari ijrosi) viloyat IIB boshlig‘ining alohida farmoyishlari ishlab chiqilib, “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz oila”, “Nazorat”, “Jinoyatchilikka qarshi kurashish”, “Jamoat xavfsizligi oyligi” kabi tezkor-profilaktik tadbirlari tashkil etildi va keng qamrovli profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Bundan tashqari, (Kengash qarorining 7-bandi ijrosi) viloyat Ichki ishlar boshqarmasidagi Situatsion markaziga integratsiya qilingan, Samarqand shahrining asosiy ko‘chalariga o‘rnatilgan, 217 ta ishlamasdan turgan videokuzatuv kameralarining oylik va yillik to‘lov manbalarini belgilash masalasi (ijrosi viloyat hokimligi, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmalari va viloyat IIBga yuklatilgan edi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 28 sentabrdagi PQ-318-xdfu-son qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Xavfsiz shahar” ko‘maklashish markazi ixtiyoriga o‘tkazilib, mazkur 217 ta videokuzatuv kameralari bo‘yicha aloqa kanallarini tashkil etish va ijarasi, dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish va pochta aloqa xizmatlari xarajatlarini qoplash “Xavfsiz shahar” ko‘maklashish markazi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.   

Shuningdek, kriminogen vaziyati eng og‘ir 65 ta mahallalarga viloyat darajasidagi, “qizil” toifadagi 273 ta mahallalarga esa tuman-shahar sektor rahbarlari va huquq-tartibot idoralari rahbarlari biriktirildi.

Xotin-qizlarning jinoyat qurboni bo‘lishini oldini olish maqsadida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, 2.232 nafar (2022-y. 3.153 ta) ayollarga “Himoya order”lari berilib, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatildi.

1.126 ta mahallalarning 38,8 foizida ya’ni 437 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi yoki 13,6 foizi ya’ni, 154 ta mahallalar “Qizil” toifadan “Sariq” toifaga o‘tishiga erishildi.

2023-yil davomida sodir etilgan jami 7.843 ta jinoyatlarning 4.672 tasi yoki 59,5 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni tashkil etgan bo‘lsa, ichki ishlar organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida umumiy sodir etilgan jinoyatlarning 40,4 foizi ya’ni 3.171 tasi shaxsiy tashabbus bilan xodimlar tomonidan aniqlanib, jinoyatga jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Bir so‘z bilan aytganda, hozirda viloyatimizdagi barcha ichki ishlar organlari xodimlari Prezidentimiz tomonidan yuritilayotgan siyosatni to‘g‘ri tushunib, xalq orasiga kirib bordi va kelgusida ham aholining muammolari va dardi bilan hamnafas bo‘lib, xizmat vazifalarini sadoqat bilan bajarishlarini ta’minlaymiz.

                                                                                                                                                                                                                          X.Umarov, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari.


 

Text to speech