14 Sentyabr 2023 yil 2032

Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov hamda viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov huzurida muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish o‘tkazildi

Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov hamda viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov boshchiligida Prezidentning 29.11.2021 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish, kelgusidagi dolzarb vazifalarni belgilab olish maqsadida muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda viloyat IIB, Milliy gvardiya, Departament, MIB, FVV, DSB, Mudofaa ishlari viloyat boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi.

So‘nggi vaqtlarda hududlarda sodir etilgan jinoyatlar, shu jumladan o‘ta og‘ir jinoyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillar, sabab va shart-sharoitlar va ularni bartaraf etish masalalari alohida muhokama qilindi.

Tadbirlar davomida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kelgusida ushbu hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, aholi uchun xavfsiz hudud yaratish, mahallalarni “jinoyatdan holi hudud”ga aylantirish borasida vazifalar belgilab olindi.

Text to speech