Samarqand viloyatida ayol xodimalar o‘rtasida “Kasbiy olimpiada o‘yinlari” musobaqasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 30-martdagi va Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining 2025-yil 5-iyundagi tegishli buyruqlariga muvofiq, viloyat ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan ayol xodimalar o‘rtasida “Kasbiy olimpiada o‘yinlari” musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etildi:
• “Eng yaxshi safdor”
• “Eng yaxshi serjant”
• “Eng yaxshi kichik ofitser”
• “Eng yaxshi katta ofitser”
Musobaqa davomida ishtirokchilar xizmat vazifalariga oid nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, kasbiy mahorat va jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha sinovlardan o‘tishdi. Baholash jarayonida xolislik va adolat mezonlariga qat’iy amal qilindi.
Natijalarga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohibalari “Kasbiy olimpiada o‘yinlari”ning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Mazkur musobaqa ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni rag‘batlantirish va xizmatga bo‘lgan fidoyiligini e’tirof etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.