14 Noyabr 2023 yil 3537

Samarqand viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha viloyat Muvofiqlashtiruvchi shtabida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha viloyat Muvofiqlashtiruvchi shtabida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘.Mirzaev boshchiligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Bojxona qo‘mitasi Rais o‘rinbosarlari O.Ibragimov, O.Choriev, viloyat sektor rahbarlari, elektr energiya, gaz va suv ta’minoti tashkilotlari  rahbar hamda mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda ko‘p qavatli uylar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ta’lim muassasalari, yotoqxonalar, tibbiyot muassasalari, muruvvat uylari, kommunikatsiya tarmoqlari, isitish tizimlari, tabiiy gaz ta’minoti hamda elektr ta’minotidagi kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish borasida mas’ullar hisoboti tinglanib, amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq topshiriqlar berildi.

Text to speech