Samarqand viloyatida sayyohlik xizmatlarini tashkil etishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi
Ichki ishlar vazir oʻrinbosari boshchiligida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyatning sohaviy xizmat rahbarlar hamda masʼul xodimlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Mazkur yigʻilishda asosiy eʼtibor Davlatimizga tashrif buyurayotgan oliy martabali mehmonlar hamda chet el turist fuqarolarining mazkur viloyatida sayyohlik namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida turizm salohiyatida xavfsizlik imkoniyatlarini yanada jadallashtirish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida, tashrif buyurgan sayyohlarning mamnun kayfiyati, yuzaga kelgan muammolarini hal etish boʻyicha masʼul xodimlarining tezkorlik bilan olib borgan saʼy-harakatlari bevosita viloyatning turizm salohiyatida xavfsizlik imkoniyatlarini yanada jadallashtirish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, viloyatning bevosita tumanlar kesimida hamda turizm namoyish obyektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar birma-bir tahlil qilinib, xodimlar oʻrtasida xizmat va ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, borasida koʻrsatmalar berildi.