16 Aprel 2024 yil 855

Samarqand viloyatida “Jaloliddin Manguberdi avlodlari” spartakiada musobaqasining respublika bosqichiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriningg tegishli buyrug‘iga asosan IIV akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Jaloliddin Manguberdi avlodlari” spartakiada musobaqasining respublika bosqichiga Samarqand viloyati mezbonlik qilmoqda. 

Musobaqaning ochilishida IIV mas‘ul rahbarlari, IIB boshlig‘ining o‘rinbosari va faxriylar ishtirok etib, o‘quvchilarga omad tilashdi.

Ushbu musobaqada akademik litsey o‘quvchilari qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig'ish, turnikda tortilish, qizlar uchun kompleks mashqlar, jamoaviy estafeta hamda mini futbol bo‘yicha o‘zaro bellashmoqdalar.

Musobaqa shartlari bo‘yicha bellashuvlar Samarqand shahrida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.


Text to speech