14 Aprel 2022 yil 710

Samarqandda 6 kg.dan ortiq “opiy” va “gashish” giyohvandlik moddalari aylanmasiga chek qoʻyildi

Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi hamda DXX xodimlari bilan hamkorligida Samarqand-Toshkent yoʻnalishida yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi, 1985-y.t. “Sh.U.” va Samarqand tumanida yashovchi, tadbirkor, 1981-y.t. “A.X.”lar mahalliy fuqaroga 49,5 gramm miqdoridagi “opiy” giyoxvandlik moddasini 2100 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Ushbu shaxslar Samarqand shahrida yashovchi, 1991-y.t. “M.M.”dan giyoxvand moddalarni sotib olganliklari aniqlanib, tadbir davom ettirildi va “M.M.”ning yashash xonadonida 5 kg. miqdordagi “opiy” va 1 kg. “gashish” giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, jami 6 kg. 49,5 gramm “opiy” va “gashish” giyohvandlik moddalari tarqalishiga chek qoʻyildi.

Hozirda, yuqoridagi shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech