Samarqandda koʼp miqdorda giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
2022 yil 15 fevralь kuni Samarqand viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarkand tumani hududida tezkor tadbir oʼtkazildi.
Samarqand tumani Qoʼshtamgʼali MFYa yashovchi 1975 yilda tugʼilgan L.K., T. ismli shaxsga 10 dona gurut qutilariga solingan marixuana giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qoʼlga olingan.
Mazkur tadbir davomida ushbu fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganida jami: 84 dona gugurt qutida, 2 dona
3 litrlik, 2 dona 2 litrlik, 5 dona 1 litrlik va 4 dona 0,5 litrlik bankalarga, 10 dona polietilen paketga hamda 4 dona qutilarga solingan giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olinib, giyohvandlik moddalarining turlari va miqdorini aniqlash maqsadida viloyat IIB Ekspert-kriminalistika boʼlimiga topshirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Аxborot xizmati