Samarqandda Probatsiya nazoratida turgan shaxslar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Hududlardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni oʻrganish boʻyicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhining Samarqand viloyatiga tashrifi munosabati bilan ishsiz boʻlgan Xotin-qizlarni bandligini taʼminlash maqsadida, Samarqand shahrida joylashgan markaziy istirohat bogʻida viloyat hokimligi Kambagʻallikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Unda ishsiz yurgan ijtimoiy ximoyaga muxtoj, “Maxsus daftar”larga kiritilgan, shuningdek IIOlarining profilaktik hamda probatsiya xisobida turgan ayollar taklif etildi.
Yarmarkada qatnashgan korxona va tashkilotlar oʻzlarida mavjud boʻlgan tikuvchilik, gilamdoʻzlik, turli pishiriqlarni tayyorlash, ayollar sartaroshi kabi boʻsh ish oʻrinlarini namoyish etdi.
Birgina, Samarqand shahrida Probatsiya xisobida turgan, bandligi taʼminlanmagan 6 nafar xotin-qizlarga shaharda joylashgan korxona va tashkilotlarga ishga joylashishlari uchun yoʻllanmalar berildi.
Bu kabi mehnat yarmarkalarining oʻtkazilishi, ishga muhtoj boʻlgan xotin-qizlarimizni bandligini taʼminlashda muhum oʻrin tutadi.