Samarqandda tungi tezkor-profilaktik profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Tadbirlar doirasida tungi reydlarga keng jamoatchilik vakillari, qalqon guruhlari, hokim yordamchilari hamda mahalla raislari jalb qilingan holda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik U.Utayev ishtirokida xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazilib, xodimlar tungi xizmatga yoʻnaltirildi.
Tadbirlar davomida profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borilib, ularning yashash sharoitlari oʻrganilmoqda.
Doimiy ishga ega boʻlmagan, spirtli ichimliklarga ruju qoʻygan, jinoyat sodir etishga moyilligi boʻlgan shaxslar bilan alohida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.