7 Avgust 2021 yil 1165

Samarqandda o‘tkazilayotgan “Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktik oyligi doirasida 103 nafar probatsiya nazoratdagi shaxslar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari masʼul xodimlari, viloyat bosh imom xatibining o‘rinbosari ishtirokida shahar probatsiya hisobida turgan 103 nafar nazoratdagi shaxslar bilan suhbat o‘tkazildi.

Unda muqaddam Konstitutsion tuzumga qarshi qaratilgan jinoyatlarni sodir etib, hozirgi vaqtda ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan javobgarlikka tortilgan 42 nafar nazoratdagi shaxslar ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda, dastlab Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari nazoratdagi shaxslarga jazo o‘tash tartib va shartlari to‘g‘risida tushunchalar berishdi. Shuningdek, Samarqand viloyati bosh imom xatibi o‘rinbosari yig‘ilganlarga yurt tinchligi va oila muqaddasligi, shuningdek diniy va shaʼriy tushunchalar to‘g‘risida o‘zining qimmatli tushunchalari bilan o‘rtoqlashdi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech