Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholi bilan sayyor qabul uchrashuvlari davom etmoqda
Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholi bilan sayyor qabul uchrashuvlari davom etmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul Payariq tumanida viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig‘i, Xalq qabulxonasi, Sud, Adliya, DSB rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda aholining bevosita muammolarini aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.
Jarayonda fuqarolarning ichki ishlar organlariga xizmatga kirish, tergov-surishtiruv, probatsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish hamda yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishi va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning asosiy qismi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qilgan murojaatlar ijrosi tegishli tartibda nazoratga olindi.
Shu kabi ommaviy sayyor qabullar davom ettirilmoqda.