24 Fevral 2022 yil 1589

Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan taksi haydovchilaridan “o`lpon” undirib keladigan yana bir uyushgan guruh qoʻlga olindi

Olingan tezkor maʼlumotlarga asosan, Samarqand shahrida yashovchi bir guruh sportchilar “Samarqand-Navoiy” yoʻnalishdagi avtoshox bekatni zoʻravonlik va oʻzboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olib, haydovichlardan ushbu yoʻnalishga kirish uchun 500 AQSH dollari, kunlik qatnovchi haydovchilardan esa 50.000 soʻmdan pullarni tovlamachilik yoʻli bilan olib kelishgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV JQBB, DXX, Prokuratura hamda viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilib, ushbu faoliyat bilan shugʻillanib kelayotgan 7 nafar shaxslar qoʻlga olinib, ularning jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahar “Gala Osiyo” mahallasida yashovchi 1985-yilda tugʻilgan Sh.D. ushbu jinoiy guruhga yetakchilik qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Sh.D. va boshqa shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech