Samarqandda voleybol bo‘yicha U-14 o‘smir qizlar o‘rtasidagi “O‘zbekiston kubogi” musobaqasi start oldi
Samarqandda voleybol bo‘yicha U-14 o‘smir qizlar o‘rtasidagi “O‘zbekiston kubogi” musobaqasi start oldi.
Bugun Toyloq tumanidagi sport maktabida respublikamizning 12 ta viloyatlaridan 200 nafarga yaqin sportchi qizlar voleybol turi bo‘yicha U-14 o‘smir qizlar o‘rtasidagi “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida ishtirok etish uchun jam bo‘lishdi.
Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi, Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi vitse prezidenti Farhod Alimov, Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Umid O‘tayev, Toyloq tuman hokimligi va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirda so‘zga chiqqanlar jamoalarga omad tilashdi. Shundan so‘ng, musobaqaga start berildi.
Musobaqalar 12-fevralga qadar davom etadi.