6 Avgust 2021 yil 966

Samarqandda “Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktik oyligi eʼlon qilindi

Samarqand viloyat IIBning “Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktik oyligini oʻtkazish borasidagi chora-tadbirlar rejasiga asosan, viloyat hududida uyushgan jinoyatchilik va giyohvand vositalarini tarqalishini oldini olish boʻyicha 50 nafar jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning yashash xonadonlarida tintuv tergov harakatlari oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida, Samarqand shahar F.Xodjayev koʻchasida yashovchi 1991-y.t. B.Ya. ning yashash xonadonidan 27 dona kannabis giyohvandlik oʻsimligi urugʻlari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Samarqand shahar Quyi Xoʻjasoat mahallasida yashovchi 1964-y.t. K.A. yashash xonadonida marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlandi. Shuningdek, Samarqand shahar Goʻroʻgʻli koʻchasida yashovchi 1987-y.t. X.I. ni yashash xonadonida 1 dona giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish maqsadida tayyorlangan 0,5 litrlik yelim idish borligi aniqlanib, hujjatlashtirildi.

Bundan tashqari, 7 nafar fuqarolardan sovuq qurollar hujjatlashtirib olindi.

Samarqand shahar Zafarobod koʻchasida yashovchi 1999-y.t. A.T. ning yashash xonadoni tintuv qilinganida, telefon apparatida taqiqlangan diniy mazmundagi audio va video yozuvlar saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishi tartibda hujjatlashtirilib olindi.

Samarqand shahar Chorbogʻ mahallasida yashovchi K.F. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyati taqiqlangan “Tavxid va jixod” ekstremistik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan diniy mazmundagi adabiyotlarni oʻqib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Olib borilgan surishtiruvlar davomida, ushbu shaxs maktab oʻquvchisi U.D. ga ham Oʻzbekiston Respublikasida faoliyati taqiqlangan ekstremistik gʻoyalar bilan yoʻgʻrilgan diniy mazmundagi targʻibotni qilib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 2441-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Pastdargʻom tumani Oʻrta Charxin mahallasida yashovchi G.D. foxishaxona tashkil qilganligi aniqlanib, qoʻlga olingan. Holat buyicha Samarqand shahri buyicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 131-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatigan.

Oʻtkazilgan tadbirlar davomida 4 nafar qidiruvda boʻlgan shaxslar qoʻlga olinib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Oylik doirasidagi tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech