11 Dekabr 2021 yil 685

Samarqand shahar kasb-hunar maktabida “INSON QADRI UCHUN” xayriya aksiyasi tashkil etildi

Viloyat kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Samarqand viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bayrami munosabati bilan viloyatdagi 37 ta kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan 75 nafar nogironligi boʻlgan, yetim-chin yetim oʻquvchilar, kam taʼminlangan va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila farzandlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 10-dekabr kuni Samarqand shahar kasb-hunar maktabida “INSON QADRI UCHUN” xayriya aksiyasini tashkil etildi.

Tadbirda oʻquvchi-yoshlarga issiq kiyim-kechaklar berilib bayram dasturxoni tashkil etildi.

Xayriya aksiyasidan koʻzlangan maqsad alohida eʼtibor va gʻamxoʻrlikka muhtoj oʻquvchi-yoshlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning kelajakdagi orzu-umidlarini roʻyobga chiqarishlariga koʻmaklashish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topdirishdan iborat.

Taʼkidlash joizki, bu kabi xayrli va ezgu ishlar eng avvalo oilalarda, jamiyatda oʻzaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bagʻrikenglik va xayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlash, oʻquvchi-yoshlarning turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mavjud insonlarning mushkulini oson qilib, koʻnglini togʻdek yuksaltiradi. Eng muhimi ehtiyojmand insonlarning ertangi kunga ishonchi mustahkamlandi.

Samarqand shahar 3-son bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilari, Nemis milliy madaniy markazi hamda viloyatdagi kasb-hunar maktablari oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Text to speech