16 Sentyabr 2021 yil
947
Samarqand shahrida gashish giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs qoʻlga olindi
2021-yil 09-sentyabr kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 9-sonli IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Samarqand shahar “Rudakiy” koʻchasida 1987-yilda tugʻilgan A.V., A.A. ismli shaxsga “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtda ushlandi.
Bundan tashqari, gumonlanuvchi A.V.ning yonidan yana 4 dona paketga oʻralgan “gashish” giyohvand moddasi va gugurt qutusi ichidan marixuanna giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Mazkur xolat Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati