16 Fevral 2022 yil 970

Samarqand shahrida IIB xodimlari xonadonida 2 kilogrammdan ortiq gashish giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxsni qoʻlga olishdi

2022-yilning 14-fevral kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 5-son IIB tezkor xodimlari tomonidan Samarqand shahar Spitamen Shox koʻchasida yashovchi 1971-yilda tugʻilgan, A.J. toʻxtatilib, uning yoni koʻzdan kechirilganda, yonida gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Shundan soʻng, fuqaroning yashash uyida tintuv tergov harakati oʻtkazilib, yotoqxonasidagi javonining tagidan paketga oʻralgan taxminiy vazni 1 kg. boʻlgan gashish giyohvandlik moddasi hamda ikki dona 0.5 litrli maxsus yasalgan yelim idish, bir dona giyohvandlik moddalarini iste`mol qilish uchun moʻljallangan moslama, har-xil oʻlchamdagi gashish giyohvandlik moddalari hamda paketga oʻralgan 1 kg.dan ziyod gashish giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Samarqand viloyat IIB Ekspert-kriminalistika boʻlimining maʼlumotnomasida hujjatlashtirib olingan barcha gashish giyohvandlik moddalarining jami ogʻirligi 2 kg. 58 gr. ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech