16 Sentyabr 2021 yil 1143

Samarqand shahrida taksi haydovchisi giyohvand modda sotayotganda ushlandi

2021-yil 09-sentyabr kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 9-sonli IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahar “Qorasuv” massivi “Obod-maskan” mahallasida tezkor tadbir oʻtkazildi.

1987-yilda tugʻilgan P.S., B.B. ismli shaxsga paketga oʻralgan “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtda ushlandi.

Bundan tashqari, gumonlanuvchining boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasi koʻzdan kechirilganda, 0,5 litrli yelim idishda chekilgan “gashish” giyohvandlik moddasi hamda bita tayoq borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Mazkur xolat Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech