Samarqand viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari Urgut tumanida oʻrganish olib bordi
Samarqand viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik X.Umarov Urgut tumanida oʻrganish olib bordi.
Dastlab, Urgut tumanidagi 154-son O`zbek-Tojik umumtaʼlim maktabi binosida 2022-yil 06-yanvar kuni Urgut tuman Mergancha mahallasida joylashgan “Urgut savdo kompleksi” hududida sodir etgan jinoyat yuzasidan aholi oʻrtasida muhokama oʻtkazib, kelgusida shu kabi jinoyatlarni oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlarni belgilandi.
Shundan soʻng, tumandagi qish mavsumini betalofat oʻtkazish yuzasidan takshil etilgan markaziy shtab faoliyatini oʻrganildi.
Bundan tashqari, “Navbogʻ” mahallasidagi Urgut tuman Tibbiyot birlashmasiga borilib, yoqilgʻi zahirasi, isitish tizimi sozligini tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgiladi.
Shundan soʻng, tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda “Chagʻizmon” mahallasiga borilib, mahalla fuqarolari, mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetkachisi, hokim yordamchisi va profilaktika inspektorlari bilan aholining muammolari yuzasidan suhbat oʻtkazilib, mahallada yashovchi ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar holidan xabar olindi.
Bundan tashqari, Bulungʻur tumanidagi Zarafshon mahallasi aholisining murojaatiga asosan, mahallaning ichki yoʻllariga tosh toʻkib berildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati