Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida mavjud bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida mavjud bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi.
Mazkur sohaga xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalari 2023-yil 21-iyul kunidan 1-avgust kuniga qadar, shu jumladan 1-avgust kuni ham qabul qilinadi. Belgilangan vaqtdan so‘ng fuqarolardan arizalar qabul qilinishi to‘xtatiladi.
Xizmatga qabul qilish parametrlari:
Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori lavozimlariga, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, Samarqand viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, oliy ma’lumotga ega, tarix, falsafa, milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari, matematika va informatika, fizika va astronomiya, pedagogika va psixologiya, filologiya va tillarni o‘qitish, chaqiriqqacha harbiy ta’lim, jismoniy madaniyat, sotsiologiya va psixologiya, huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarini tamomlaganlar hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari orasidan shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
- biometrik pasport yoki identifikatsiya (ID) kartasi;
- yaqin qarindoshlari (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) biometrik pasport yoki identifikatsiya (ID) kartasi;
- ish joyidan tavsifnoma;
- nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
- anketa-ma’lumotnoma;
- harbiy guvohnoma;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yining balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda).
Samarqand viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida mavjud bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori lavozimiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar belgilangan kunlarda soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Samarqand viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga kelishlari so‘raladi.
Tanlovlar nomzodning xohishiga ko‘ra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida o‘tkaziladi.
Murojaat uchun telefon 66-223-59-41; 66-223-57-57.
Samarqand viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.