14 Aprel 2022 yil 785

Samarqand viloyati IIB boshligʻi o'rinbosari tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi

14-aprel kuni Samarqand viloyati IIB boshligʻi o'rinbosari polkovnik Faxriddin Raxmatov tomonidan fuqarolarning muammolarini oʻrganish yuzasidan navbatdagi qabul oʻtkazildi.

Bu galgi qabulda 30 ga yaqin fuqarolarning turli masalalarda bildirilgan murojaatlari atroflicha oʻrganildi.

Boshqarma boshligʻi o'rinbosari har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini oʻz nazoratiga oldi.

Text to speech