Samarqand viloyati IIB boshligʻi Toyloq tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Raxmat Mamatov tomonidan aholi muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf etish maqsadida Toyloq tumani “Shopoʻlot” MFY da sayyor qabul oʻtkazildi.
Ommaviy sayyor qabulda tuman hokimligi, xalq qabulxonasi, viloyat hamda tumandagi tegishli tashkilot va idoralar raxbarlari hamda boshqa sektor rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabulda jami 76 nafar fuqarolar qatnashdi. Aksariyat murojaatchilarni yoshlar tashkil etdi. Qabulda fuqarolardan 59 masalani oʻz ichiga olgan 54 ta murojaatlar kelib tushdi.
Har bir murojaatchining masalalari tinglanib, ularning eʼtiroziga sabab boʻlgan holatlar chuqur tahlil qilingan holda, bartaraf etish choralari koʻrildi.12 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qolgan barcha murojaatlarni belgilangan muddat ichida oʻrganib chiqish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Qabul soʻngida mahalladagi yosh yigit-qizlarga ID-kartalari, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftar”da turgan fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida zaruriy asbob-uskunalar tantanali ravishda topshirildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati