11 Oktyabr 2022 yil 1288

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining joriy yilning 9 oyi yakuniga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur yigʻilishda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida joriy yilning 9 oylik ish yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama qilindi. Yigʻilishni viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari - Tergov boshqarmasi boshligʻi, polkovnik M.Raxmatullayev ochib, joriy yilning oʻtgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalariga toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishda shahar va tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmalari boshliqlarining hisobotlari tinglandi. Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilish davomida, har bir tergovchi va surishtiruvchilarning ish faoliyati tahlil qilinib, natijalariga koʻra, namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilar ragʻbatlantirildi.

Shuningdek, bir qator xodimlarning ota-onalariga Samarqand viloyat IIB boshligʻi polkovnik R.T.Mamatovning tashakkurnomalari topshirildi. 20 ga yaqin xodimlar Samarqand viloyati IIB boshligʻining buyrugʻi bilan viloyat IIB depozit hisobidagi pul mablagʻlari hisobidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Yigʻilish davomida viloyat IIB Ekspert kriminalistika markazi xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Eng yaxshi ekspert kriminalist” tanlovi gʻoliblari ham taqdirlanib, 3 nafar xodim diplom va pul mukofotlari hamda tanlovning respublika bosqichiga yullanmaga ega boʻldilar.

Text to speech