5 Yanvar 2022 yil 645

Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmatida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan manzilli profilaktik ishlar belgilanib olindi

Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati masʼul xodimlari tuman-shahar IIB xizmat faoliyatiga amaliy yordam koʻrsatmoqda.

Joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan muammolar soha mutaxassislari tomonidan tahliliy oʻrganilmoqda.

Jumladan, jamoat xavfsizligi xizmati (HPB, Probatsiya, YHXB va JTSB) xodimlari tomonidan, Urgut tuman IIB hamda Jomboy tumanida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining tayanch punktlariga borib ularning xizmat faoliyati oʻrganildi.

Oʻrganish yakuni boʻyicha yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari polkovnik A.X.Xalimov huzurida tanqidiy muhokama qilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq chora-tadbirlar belgilanib olindi.

Barcha hududlarning kriminogen vaziyatidan kelib chiqqan holda alohida yoʻl-haritalari ishlab chiqilmoqda.

Oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati

Text to speech