Samarqand viloyati IIB Transportda xafvsizlikni taʼminlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
2022-yilning 5-yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Transportda xafvsizlikni taʼminlash boshqarmasida IIV TXTBB boshligʻi polkovnik R.A.Tashpoʻlаtov, shuningdek, viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosarilari polkovnik F.U.Raxmatov hamda podpolkovnik E.M.Alkarov ishtirokida shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv avvalida Samarqand viloyati IIB Transportda xafvsizlikni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Baxramov Baxodir Abdullayevich shaxsiy tarkibga tanishtirildi.
Shundan soʻng, xodimlar tomonidan xizmatda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Soʻzga chiqqanlar ushbu sohada xizmat qilayotgan har bir xodim vatanga, xalqga va Prezidentga sadoqat bilan xizmat qilishni oliy burch sifatida oʻziga shior qilib olishi lozimligini yana bir-bor taʼkidlandi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati