4 Dekabr 2021 yil 756

Samarqand viloyati IIBda "Mahorat darslari" tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 2021-yil 9-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 238-sonli farmoyishi bilan eʼlon qilingan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida Samarqand viloyati IIB markaziy apparati saf maydonida Mahorat darslari tashkil etildi.

Mashgʻulotlar jarayonlarida Maxsus operatsiyalarni oʻtkazish otryadi, TVBSO hamda Kinologiya xizmati xodimlari tomonidan bir qator koʻrgazmali chiqishlar amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor Azizbek Ikramov huzurida joriy yilning 30-noyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida IIO rahbar-xodimlarining oldiga qoʻyilgan topshiriqlari yuzasidan, Vazirlikning 232-sonli buyruq talablari asosida viloyat IIBning saf maydonida IIO xodimlari tomonidan formali
kiyim-boshlarni kiyib yurish qoidalariga amal qilishi yuzasidan namunali banner tayyorlandi.

Xodimlarga namuna sifatida ichki ishlar organlari xodimlarining kiyim-boshlarining kiyib yurish tartibi ham batafsil tushuntirildi.

Bu kabi tadbirlar tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning bilim va koʻnikmalarini yanada oshishi yoʻlida alohida ahamiyatga ega.

Text to speech