Samarqandda haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bog`liq bir nechta korrupsion holatlarga chek qoʼyildi
2022 yil 14 fevralь kuni fuqaro А. Samarqand viloyati IIB YHXBga oʼzining “V,S” toifali haydovchilik guvohnomasini “BE, CE” toifali haydovchilik guvohnomasiga almashtirish maqsadida borganida, IIOga aloqasi boʼlmagan “Sh” ismli shaxs shu yerda ishlovchi tanishlari orqali, 900.000 soʼm evaziga yangi “BE, CE” haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytganligi bildirib ariza bilan murojaat qilgan.
Аrizaga asosan, Oʼzbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Samarqand viloyati boʼyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʼtkazilib, Toyloq tumani “Davlatobod” qishlogʼida yashovchi, X.Sh. ariza muallifidan 900.000 soʼm miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, rasmiylashtirilgan.
Hozirda X.Sh.ga nisbatan Toyloq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Samarqand viloyati IIBga, Payariq tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Ishtixon tumanida yashovchi “R” ismli shaxs oʼzining xususiy avtomaktabi borligini, 20 kun muddatda “B va C” toifali haydovchilik guvohnomasini oʼqimasdan imtihondan oʼtkazib olib berishi uchun 1000 АQSh dollari miqdorida pullarni soʼrab, oldindan 500 АQSh dollari miqdorida pullarni talab qilib kelayotganligini bildirib unga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.
Аrizaga asosan, 08 fevralь kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʼlimi xodimlari tomonidan Oqdaryo tumanida oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida R.А. ismli shaxs ariza muallifidan 500 АQSh dollari miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan tergovga qadar tekshirish xarakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Аxborot xizmati