31 Yanvar 2022 yil 933

Samarqandda keksa odamning yuziga tepgan yigit IIBga olib kelindi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda bir yigit koʻchada ketayotgan kishini tepgan holati videosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib maqtanayotganligi aytilmoqda” sarlavhasi ostida videolavha Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi.

Voqea 2022-yilning 24-yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda Samarqand shahri Qoʻshchinor mahallasida sodir boʻlgan. 2007-yilda tugʻilgan, voyaga yetmagan Oʻ.A. mahalladoshi B.Hamidov koʻchasida kelayotgan 1968-yilda tugʻilgan fuqaro F.R.ning yuz qismiga tepib hodisa joyini tark etgan.

Holatni Oʻ.A.ning tanishi 2006-yilda tugʻilgan R.K. tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Holat yuzasidan voyaga yetmagan Oʻ.A.ning ota-onasiga nisbatan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, boʻlib oʻtgan hodisa maktab rahbariyati ishtirokida ham muhokama etildi.

Qoʻshimcha sifatida aytish mumkinki, Oʻ.A sport bilan shugʻullanib kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aytilganidek, yigit TikTokchi yoki tarmoq faoli emas.

Hozirda Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi toʻgʻrisida yana maʼlumot beriladi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech