Samarqandda odam savdosi jinoyatining oldi olindi
Samarqand viloyati IIB Terrorizm va estremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, 1992-yilda tugʻilgan, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi A.A., Turkiya davlatining Istanbul shahrida yashab kelayotgan onasi, 1973-yilda tugʻilgan O.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 1999-yilda tugʻilgan M.ni aldov yoʻli bilan, kelgusida fohishalik maqsadda ishlatish uchun Samarqand xalqaro Aeroporti orqali, Turkiya davlatining Istanbul shahriga yuborayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur xolat yuzasidan, Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergvo boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati