31 Mart 2022 yil 570

Samarqandda tarkibida oltin moddasi boʻlgan ruda toshlarini noqonuniy qazib olish holatiga chek qoʻyildi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Paxtachi tumani IIB xodimlari hamkorligida Navoiy Kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “Qora-qoʻton” oltin qazib olish koni atrofida muntazam ravishda tarkibida oltin moddasi boʻlgan ruda toshlarini noqonuniy qazib olish va sotish bilan shugʻullanib kelayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.

Oʻtkazilgan tadbirda, Paxtachi tumanida yashovchi jinoiy guruhning 8 nafar aʼzolari ushlandi. Shu bilan birga, ular tomonidan foydalanib kelingan (1 dona drabilka, 1 dona tegirmon, 1 dona gaz balloni, 700 kg. ruda toshlari va 400 kg. oltin aralashmali tuproq) daliliy ashyo sifatida olindi.

Ushbu jinoiy guruh aʼzolari tarkibida oltin moddasi boʻligan ruda toshlarini qayta ishlash mobaynida noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanib kelayotganligi aniqlanib, davlatga 275 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.

Hozirda, jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech