Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov huzurida tanqidiy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i iyul oyining 20 kuni davomida sodir etilgan jinoyatlar hamda shaxsiy tarkib tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishining ahvoli va boshqa masalalarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Dastlab viloyat hududida sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi. Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida joylarda amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.
Shuningdek, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov iyul oyining 20 kuni davomida viloyat hududida qayd etilgan jinoyatchilik ahvoli bo‘yicha alohida
to‘xtaldi.
Ushbu davr mobaynida umumiy jinoyatlar Ishtixon, Paxtachi, Pastdarg‘om, Oqdaryo, Samarqand shahri va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida oshgan. Jinoyat turlaridan bezorilikjinoyati Jomboy, Pastdarg‘om hamda Paxtachi tumanlarida, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish Samarqand shahri, Ishtixon hamda Paxtachi tumanlarida oshganligi
qattiq tanqid ostiga olinib, hudud IIB boshliqlari qattiq ogohlantirildi.
Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati