27 Oktyabr 2025 yil
197
Sambo bo‘yicha jahon chempionatida munosib ishtirok
Buxoro viloyatida sambo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda dunyo mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqada Samarqand shahar Qo‘riqlash bo‘limi xodimi kichik serjant Elmurod Abrayev va Samarqand viloyati IIB TVBSO xodimi katta leytenant Furqat Ro‘ziyevlar 88 kg vazn toifasida bellashib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuqlar ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy tayyorgarlikka, sport va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tibori hamda fidoyiligini yana bir bor namoyon etdi.
Samarqand viloyati IIB jamoasi hamkasblarimizni ushbu yutuq bilan tabriklab, ularga kelgusidagi faoliyat va sport musobaqalarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi.