Sektor rahbari hududlarni o‘rgandi
Hududlar obod, mahallalar tinch, osoyishta bo‘lsa odamlarning chehrasida mamnunlik balqiydi.
Zero, osuda, farovon yurtga to‘y-tantanalar yarashadi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov Pastdarg‘om tumanida bo‘lib, hududda olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Tumanning “Go‘zalkent” mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilayotgan jarayonlar ham ko‘zdan kechirildi.
Aholi xonadonlaridagi tomorqalardan unumli foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Odamlarning turmush farovonligini oshirish, mahallalarda ko‘klamzorlashtirish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hudud iqlimiga mos daraxt ko‘chatlari ekish, ularning keyingi parvarishi bilan bog‘liq vazifalar ham qayd etildi.