Sektor rahbarlarining o`rganishlari
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov, viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov, viloyat Milliy gvardiya rahbari Asqar Umarov Samarqand shahridagi “qizil toifa”ga kiritilgan “Istiqlol” mahallasida bo‘lib, mahalla mutasaddilari, jamoatchilik vakillari bilan o‘zaro muloqotda bo‘lib, mas’ullarning o‘zini-o‘zi boshqarish organida aholining ijtimoiy-iqtisodiy darajasini va turmush sharoitini yuksaltirish, mahalla infrastrukturasini yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi hisobotlari tinglandi.
Hudud profilaktika inspektorining sohaviy xizmatlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorligini kuchaytirish, profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan ishlash, mahallada ijarada turadigan talabalar sharoitini «xonadonbay» o‘rganish, ularning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etishga ko‘maklashishga oid tavsiya va takliflar bildirildi.