Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiyada viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Toxir Aripov viloyatdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot berdi.
Sessiya ishtirokchilari joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ko‘rilgan chora-tadbirlar hamda bu sohadagi dolzarb vazifalarga alohida e’tibor qaratdilar.
Shuningdek, Samarqand viloyatini jinoyat va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirish maqsadida tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi