12 Iyun 2025 yil 533

Singapur davlati politsiyasi rahbari boshchiligidagi delegatsiya viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga tashrif buyurdi

Singapur Respublikasi Politsiyasi rahbari Xung Vi Tek (Hoong Wee Teck) boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqand viloyatiga rasmiy tashrifi amalga oshirilmoqda.

Delegatsiya aʼzolari viloyatdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar hamda viloyat ichki ishlar organlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida 12-iyun kuni Singapur politsiyasining rahbari Xung Vi Tek  hamda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov o‘rtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir jarayonida tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan oʻzaro manfaatdor ekanliklarini taʼkidlagan holda amaliy hamkorlikning dolzarb yoʻnalishlari, xususan, xavfsiz turizmni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shu jumladan kiberxavfsizlik masalalari boʻyicha oʻzaro tajriba almashdilar.

Doʻstona ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida istiqbolli vazifalar belgilab olindi.


Text to speech