6 Oktyabr 2024 yil 561

Soha faxriylarining umr yo‘li yoshlarga ibrat

So‘zlari hikmat, ishlari ibrat bo‘lgan nuroniylarning boy hayotiy tajribalaridan foydalanish sohada samaradorlikni oshiradi. Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida soha faxriylari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ana shular xususida gapirildi. 


O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi mutasaddi rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda tizimda xizmat olib borib, bugun keksalik gashtini surayotgan soha faxriylari o‘z kasbiy faoliyati, ish jarayonlarida sodir bo‘lgan esda qolarli voqealarni yodga olishdi. 


Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamiyatda barqaror sog‘lom muhitni vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targ‘ib qilishda soha faxriylarining ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.


Ularning maslahatlaridan foylanish, ustoz-shogird an’analarini davom ettirish yosh xodimlar uchun ahamiyatli ekanligi qayd etildi. 


Tadbirda so‘z olganlar har bir xodimda Vatanga, yurtga muhabbat, kasbga  sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni shu ruhda tarbiyalash, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, kasbiy jangovarligini oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish, korrupsiya holatlariga murosasiz kurashishda ham soha faxriylarining tajribalarini targ‘ib qilish xususida fikr-mulohazalar bildirishdi. 


Tadbir yakunida ichki ishlar tizimi ravnaqi yo‘lida mehnat qilib, bugun yosh xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalayotgan bir guruh soha faxriylari ichki ishlar vazirligining medal, ko`krak nishoni va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Text to speech