2 Mart 2024 yil
459
Stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Xodimlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish, ommaviy sportni rivojlantirishga muhim eʼtibor qaratilmoqda.
Viloyatimizning Samarqand tumani va Samarqand shahar, shuningdek Nurobod tumanida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga koʻra, 1-oʻrin Nurobod tumani IIB, 2-oʻrin Samarqand shahar hamda faxrli 3-oʻrin Samarqand tumani IIB xodimlariga nasib etdi.
Gʻoliblarga diplom, esdalik sovgʻalari topshirildi.