29 Iyul 2025 yil 2264

Sutka davomida 2 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi va 2 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs topildi

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xafsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, qidirilayotgan Ishtixon tumani Buronxuja mahallasida yashovchi, 1995-y.t. Sh.Y. Ishtixon shahri hududidan ushlanib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasiga topshirildi va unga nisbatan qidiruv yig‘ma jildi harakatdan to‘xtatildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi yurituvida bo‘lgan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblanib, qidirilayotgan  Kattako‘rg‘on shaxar Yakkabog‘ mahallasida yashovchi 1970-y.t. N.Y. Pastdarg‘om tumani hududidan ushlanib, Samarqand viloyati IIBga qarashli Vaqtincha saqlash xibsxonasiga joylashtirildi.

Shuningdek, 2025-yil 22-iyul kuni viloyat IIB 102 raqamiga Samarqand shahar Do‘stlik MFYda yashovchi 2006-y.t G‘.X  2025-yil 11-iyul kuni ishga ketishini aytib yashash uyidan chiqib ketib, shu kungacha uyiga kaytib kelmaganligi bo‘yicha xabar kelib tushgan. Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida G‘.X. Samarqand shahri hududidan sog‘-salomat topilib, yashash uyiga qaytarilgan.

2025-yil 26-iyul kuni soat 16:00 larda Narpay tuman Sohibkor MFYda yashovchi 1989-y.t. A.T. yashash uyidan no’malum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi bo‘yicha olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida A.T.ning jasadi Paxtachi tumani Tug‘olon MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Narpay kanali”dan tan-jarohatlarsiz topilgan. Jasad STEga yuborilgan. Holat yuzasidan Paxtachi tuman prokuroturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati 


Text to speech