Sutka davomida 3 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi va 3 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs topilib, oilasi bag‘riga qaytarildi
Olib borilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari natijasida, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvda bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan, Samarqand tumani Dashtakibolo MFYda yashovchi 1999-y.t J.A. Toshkent shahar hududida ushlanib, Samarqand viloyati IIBga qarashli Vaqtincha saqlash xibsxonasiga joylashtirildi.
Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, qidirilayotgan, Pastdarg‘om tumani “Saribosh” MFYda yashovchi, 1974-y.t fuqaro S.B. Surxandaryo viloyati Termiz shaxri hududidan ushlanib, Termiz shahar IIBga qarashli Vaqtincha saqlash xibsxonasiga joylashtirilidi.
JIB Toyloq tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan qidiruv e’lon qilingan, Urgut tumani “Boybul” mahallasida yashovchi 1978-y.t V.X. Urgut tumani hududida ushlanib, Toyloq tuman IIBga qarashli Vaqtincha saqlash xibsxonasiga joylashtirildi.
Shuningdek, bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirib topish bo‘yicha olib borilgan tadbirlar davomida:
2025-yil 29-iyun kuni soat 22.30 larda, Samarqand viloyat IIB “102” operatoriga, Toyloq tumani Charog‘bon mahallasida yashovchi, 2001-y.t. S.K. 26.06.2025-yil soat 17:00 larda yashash uyidan chiqib ketib qaytib kelmayotgani bo‘yicha xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari davomida, bedarak yo‘qolgan fuqaro S.K. Jizzax viloyati hududidan sog‘-salomat topilib, yashash uyiga qaytarilgan.
Ishtixon tuman Sheyxlarkent mahallasi yashovchi voyaga yetmagan 2011-y.t Sh.B. 2025-yil 12-iyul kuni yashash uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi bo‘yicha olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Sh.B. Toshkent shag‘ar hududida sog‘-salomat topilib, yashash uyiga qaytarilgan.
2025-yil 14-iyul kuni Samarqand viloyati IIB “102” qisqa raqamiga Ishtixon tuman Bo‘ston mahallasida yashovchi 2007-y.t S.M. yashash uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi bo‘yicha xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida S.M. Ishtixon shahri ududidan sog‘-salomat topilib, yashash uyiga qaytarilgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati