25 Iyul 2025 yil 1708

Sutka davomida 3 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi va 3 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro topilib, oilasi bag‘riga qaytarildi

Viloyat hududida olib borilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida:

Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvda bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan ayblanib qidiruvda bo‘lgan, Urgut tumani “Ilonli” MFYda yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan A.A. Samarqand shahar hududida ushlandi va Samarqand viloyati IIBga qarashli Vaqtincha saqlash xibsxonasiga joylashtirildi.

Kattaqo‘rg‘on tuman JIB sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanib qidiruvda bo‘lgan, Kattaqo‘rg‘on tumani “Qoradaryo” MFYda yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan H.A., Kattaqo‘rg‘on tumani hududida ushlandi va 7-sonli tergov xibsxonasiga joylashtirildi.

Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblanib qidiruvda bo‘lgan, Jomboy tumani “Guliston” MFYda yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan A.T. Jomboy tuman hududida ushlandi va Tayloq tuman IIBga qarashli Vaqtincha saqlash xibsxonasiga joylashtirildi.

Bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish bo‘yicha olib borilgan tadbirlar natijasida quyidagi holatlar aniqlangan:

2025-yil 21-iyul kuni, soat 12:00 da, Samarqand viloyati IIB “102” operatoriga Samarqand shahar “Oqsaroy” MFYda yashovchi, 2007-yilda tug‘ilgan B.D. yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganligi haqida xabar kelib tushgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari davomida B.D. Samarqand shahrida sog‘-salomat topilib, ota-onasiga topshirildi. Unga nisbatan qidiruv ishlari to‘xtatilgan.

2025-yil 12-iyul kuni, Pastdarg‘om tumani “Iskandari” MFYda yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan M.E. yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib, bedarak yo‘qolgan. Pastdarg‘om tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u tumanning o‘zida sog‘-salomat topilgan.

2025-yil 22-iyul kuni, viloyat IIB “102” raqamiga Pastdarg‘om tumani “Madaniy yurish” mahallasida yashovchi, voyaga yetmagan, 2009-yilda tug‘ilgan Sh.I. yashash uyidan soat 02:00 atrofida chiqib ketib, qaytib kelmaganligi haqida xabar berilgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida u Pastdarg‘om tumani hududida sog‘-salomat topilib, Pastdarg‘om tuman prokuraturasiga topshirilgan.


Text to speech