Sutka davomida 3 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi
Olib borilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari natijasida, Nurobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandlari bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan Andijon viloyati Asaka tumani Fidokor” MFYda yashovchi 1996-y.t M.Y.Samarqand tumani hududida ushlanib, Nurobod tuman IIBga qarashli Vaqtincha saqlash xibsxonasiga joylashtirildi.
JIB Bulung‘ur tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227-moddasi 1-qism va 168-modda 3-qismi “b” bandi bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan, Bulung‘ur tumani Bulung‘urariq MFYda yashovchi, 1996-y.t J.S. Bulung‘ur tumani hududidan ushlanib, Samarqand viloyati IIBga qarashli Vaqtincha saqlash xibsxonasiga joylashtirildi.
Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan, qidirilayotgan, Urgut tumani Jartepa MFYda yashovchi, 1994-y.t N.B. Samarqand shahar hududidan ushlanib, 7-sonli Tergov xibsxonasiga joylashtirilgan.