26 Mart 2024 yil
652
Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tarixiy va madaniy meros ob’yektlarida samarali xizmat olib borishmoqda
Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tarixiy va madaniy meros ob’yektlarida samarali xizmat olib borishmoqda.
Yaqinda mazkur xizmat xodimlari tomonidan Polsha fuqarosi A.Piotrovichning plastik kartochkasi, Qozog‘istonlik G.Kristianskiyning qo‘l telefoni, Ispaniyaning Madrid shahridan kelgan Gursio Rubioning shaxsiy buyumlari hamda Qirg‘izistonlik Sh.Kegezbayevning yo‘qotilgan pul hamda plastik kartalari topib berildi.
Xodimlar xorijiy va mahalliy sayyohlarga xizmat qilishda va ularning xavfsizligini ta’minlashda, qolaversa yurtimiz imijini oshirish borasida g‘ayrat va shijoat bilan xizmat qilmoqdalar.