Tezlikni meʼyoridan oshirgan haydovchi yoʼl-transport hodisasiga uchradi
2022-yil 17-fevral kuni soat 01:45 da Samarqand shahar Mirzo Ulugʼbek koʼchasida, “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi tezlikni belgilangan meʼyoridan oshirishi oqibatida rul boshqaruvini yoʼqotib, yoʼl oʼrtasidagi ajratuvchi beton toʼsiqning ustidan oʼtib ketib, qarama-qarshi tomondan oʼz yoʼnalishi boʼylab harakatlanib ketayotgan, “Mercedes-Benz-320” rusumli avtomashina bilan toʼqnashib yoʼl-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada ikkala avtomashina haydovchilari tan jarohatlari bilan Samarqand viloyati RShTYoIM filialiga yotqizilgan.
Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu oʼrinda barcha haydovchilarga murojaat qilib, yoʼl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini soʼraymiz!
Samarqand viloyati IIB Аxborot xizmati