20 Oktyabr 2022 yil 637

“Tik Tok”da ikki millat orasiga nifoq solmoqchi boʻlgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Joriy yilning 12-oktyabr kuni Samarqand viloyati xukukni ximoya kiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Samarqand viloyati, Samarqand shaxrida yashovchi, 1998-y.t. “A.A.” “Tik Tok” platformasida ochgan profili orqali qoʻshni davlat fuqarosi bilan oʻzaro “BATL” qilishi natijasida, ikkinchi tarafni turli soʻzlar bilan haqorat qilib, ikki millat fuqarolari orasida nifoq keltirib chiqarishga qaratilgan hatti xarakatlarni sodir qilgani aniqlangan.

Ushbu soʻzlar orqali sodir etilgan janjal, taraflarning ommaviy janjali bilan yakunlanishi, ikki davlat fuqarolari orasiga nifoq solinishining oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Samarqand shahrida yashovchi TikTokkerga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Text to speech